O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatidagi Imom Buxoriy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi. Bu haqda “O‘zA”ga tayanib “Qalampir.uz” xabar berdi.
Prezident 8-9 iyun kunlari Ostona shahrida o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitidagi nutqida Samarqandda Imom Buxoriy nomidagi xalqaro tadqiqot markazining tashkil etilishi millatlararo, madaniyatlararo munosabatlarni mustahkamlashda muhim qadam bo‘lishini alohida ta’kidlagan edi.
Shavkat Mirziyoyevga bunyod etilayotgan markazning umumiy konsepsiyasi, atrofini obodonlashtirish bo‘yicha qilinadigan ishlar loyihasi haqida ma’lumot berildi.
Muborak Ramazon oyida bunday ezgu ishlarni boshlash va amalga oshirish har jihatdan xayrli va maqsadga muvofiqdir. Pok niyatlar bilan boshlagan ishimiz o‘z mevasini beradi. Yana bir jihatga alohida e’tibor berish kerak. Imom Buxoriy majmuasiga ziyoratga keluvchilar markazga ham kiradi, ular haqiqiy islom ta’limoti to‘g‘risida kerakli ma’lumotlar olsin, dedi davlat rahbari.
Loyihalarda majmua atrofini obodonlashtirish, yo‘llarni kengaytirish, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari qurish va ta’mirlash lozimligi o‘z aksini topgan.
Davlat rahbari Payariq tumanida aholi uchun ikki va uch qavatli arzon uy-joylar qurish loyihasi bilan ham tanishdi.
Prezident Payariq tumanidagi "To‘polos" fermer xo‘jaligi dalasida bo‘ldi. Fermer va dehqonlar bilan suhbatlashdi, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi bilan qiziqdi. Paxta va g‘alla maydonlarini ko‘zdan kechirdi.
Shavkat Mirziyoyev raisligida viloyat rahbarlari, mutasaddilari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat iqtisodiyotini yuksaltirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, istiqboldagi dolzarb vazifalar muhokama qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi