6 181
«Ippodrom»dan do‘kon olib berishni va’da qilib, fuqarodan 25 500 AQSh dollar olgan firibgar qamoqqa olindi
2015 yil Nurali Rizaqulov ismli shaxs tanishi Erali Sobirov (ismi,familiyasi o‘zgartirilgan)ning ishonchiga kirib, unga «Otchopar» bozoridan do‘kon olib berishni va’da qilib, 25.500 AQSh dollari miqdoridagi pulini olgan. Biroq Nurali va’dasini bajarmay, pulni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Shundan so‘ng, Sobirov ikki yil davomida Rizaqulovdan va’dasini bajarishini yoki pullarini qaytarib berishini talab qilganida, u turli xil bahonalar bilan aldab kelganligi sababli, Sobirov tegishli tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yordam so‘rab, ariza bilan murojaat etgan.
2017 yilning 5 iyun kuni Sobirovning arizasiga ko‘ra, Yashnobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi «a» bandi (firibgarlik, ya’ni o‘zganing mulkini aldash va ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan ko‘p miqdorda qo‘lga kiritish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Rizaqulovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Toshkent shahar IIB mazkur shaxsning xatti-harakatidan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat etishlari mumkinligini ma’lum qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi