6 641
Tanishini 25.500 AQSh dollarini olib, o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan firibgar ushlandi
2015 yilning taxminan may oyida, Yashnobod tumani hududida, muqaddam firibgarlik jinoyatini sodir etganligi uchun sudlangan, Nurali Sadritdinovich Rizaqulov tanishi Erali Sobirovning ishonchiga kirib, unga «Otchopar» bozoridan do‘kon olib berishni va’da qilib, undan 25.500 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘larini olib, o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan, deb xabar beradi «Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi» matbuot xizmati.
Shundan so‘ng, Sobirov ikki yil davomida Rizakulovdan va’dasini bajarishini yoki pullarini qaytarib berishini talab qilganida, u turli xil bahonalar bilan aldab kelganligi sababli, Sobirov tegishli tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yordam so‘rab, ariza bilan murojaat etgan.
2017 yilning 05 iyun kuni, Sobirovning arizasiga ko‘ra Yashnobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi «a» bandi (firibgarlik, ya’ni o‘zganing mulkini aldash va ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan ko‘p miqdorda qo‘lga kiritish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Rizaqulovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Jabrlanuvchining anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiyasi va ismi xar qanday o‘xshashligi tasodifiy harakterga ega. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi