7 476
Umra-2017 Ramazon mavsumi boshlandi. Bugun ziyoratchilarning dastlabki guruhi Saudiya Arabistoniga uchib ketdi
Bugun, 13 iyun kuni o‘zbekistonlik ziyoratchilarning 205 nafardan iborat dastlabki guruhi Toshkent – Jidda – Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab Saudiya Arabistoni Podshohligiga umra amallarini bajarish uchun uchib ketdilar, deya xabar beradi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Xalqaro aloqalar bo‘limi.
Joriy yilning 13 iyun kunidan 29 iyun kuniga qadar o‘zbekistonlik fuqarolarni umra ziyoratiga kuzatish va kutib olish rejalashtirilgan.
Ramazon mavsumida ziyorat 10 kunni tashkil etadi. Ziyoratchilar Madina shahrida 3 kun, Makkada esa 7 kun bo‘ladilar. Ziyoratchilarga mavsum davomida o‘zbekistonlik 4 nafar ishchi guruhi, 13 nafar guruh rahbari (ellikboshi), 3 nafar shifokor va 2 nafar oshpaz xizmat ko‘rsatadi.
Barcha ziyoratchilar markazlashgan tibbiy punktlarda meningit va grippga qarshi zardob bilan emlandi.
O‘zbekistonlik ziyoratchilar istiqomat qilishlari uchun Madina shahrida «Masjidi nabaviy»dan 100 150 metr masofada joylashgan to‘rt yulduzli «Nur al-Mavadda» mehmonxonasi, Makka shahrida esa «Xaram masjidi»dan 500 550 metr uzoqlikdagi «Abroj al-Meridian» mehmonxonasi tayyorlab qo‘yilgan.
“Umra-2017” Ramazon mavsumida jami 672 nafar fuqarolarimiz umra ibodatini ado etishlari rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi