13:53 / 15.06.2017
6 175

Bektemir tumanida giyohvandlik moddasini qonunga xilof ravishda saqlash aniqlandi

Bektemir tumanida giyohvandlik moddasini qonunga xilof ravishda saqlash aniqlandi
2017 yilning 12 iyun kuni taxminan soat 16:50larda, Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan, Bektemir tumanidagi YPX maskanida, «Lasetti» rusumli avtoulov ko‘zdan kechirilganda, xaydovchi Azizbek Maxmud o‘g‘li Yakubov yonida og‘irligi 2,73 gramm bo‘lgan «marixuana» giyohvandlik moddasi saqlab kelayotganligi aniqlangan. Bu haqda «Toshkent shahar IIBB» xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bektemir tumanida giyohvandlik moddasini qonunga xilof ravishda saqlash aniqlandi