Abiturientlar uchun Qabul komissiyasiga topshiriladigan hujjatlar ro‘yxatini ma’lum qilgan edik. Bu gal test topshiriladigan fanlar haqida to‘xtalib o‘tamiz.
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat yo‘nalishlariga test sinovlari topshiriladigan fanlar ro‘yxati va test bo‘yicha ularga muvofiq keluvchi fanlar majmuasi Davlat test markazi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqildi. Majmua ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan.
Oliy ta’lim muassasasida tanlangan ta’lim yo‘nalishiga qarab abiturientlar tegishli ravishda ikki yoki uch fan majmualari bo‘yicha test sinovlaridan o‘tadilar, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.
Majmuaning har bir fani 36 topshiriqni o‘z ichiga oladi.
Majmualar quyidagi fanlar bo‘yicha shakllanadi:
1. Ona tili va adabiyoti
2. Rus tili va adabiyoti (rus guruhlarda)
3. Qoraqalpoq tili va adabiyoti (qoraqalpoq guruhlarda)
4. Matematika (informatika bilan) (o‘zbek, rus, qoraqalpoq tillarida)
5. Fizika (o‘zbek, rus, qoraqalpoq tillarida)
6. Kimyo (o‘zbek, rus, qoraqalpoq tillarida)
7. Biologiya (o‘zbek, rus, qoraqalpoq tillarida)
8. Tarix (o‘zbek, rus, qoraqalpoq tillarida)
9. Geografiya (o‘zbek, rus, qoraqalpoq tillarida)
10. Ingliz tili
11. Nemis tili
12. Fransuz tili
Abiturient chet tillar sifatida ingliz, nemis, fransuz tillaridan biri bo‘yicha test sinovi topshiradi. Abiturient o‘qigan chet tilidan qat’i nazar, xohlagan (ingliz, nemis, fransuz) chet tilidan test topshirishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi