
Istambulda yashovchi 21 yoshli Asena Melisa Sog‘lom kuni kecha egniga oq shortik kiyib ko‘chaga chiqqandi. Avtobus saloniga kirib bo‘sh joyga o‘tirishi bilan orqa o‘rindiqda o‘tirgan Erjon Qiziltosh ismli yigit luqma tashladi.
— Qiz bola Ramazon oyida shunaqa ochiq kiyinishga uyalishi kerak!
Sog‘lom ham bo‘sh kelmadi.
— Uyalsang, qarama!
— Qanday qaramay? Hammayog‘ing ochiq-ku, qarashga majburman!..
Suhbat shu erga etganda yakun topdi. Ammo avtobusdan tushayotganda yigit iyagi aralash musht tushirdi. Qiz esa amallab tushib oldi-da, yigitga tashlandi. Ana shunda Qiziltosh uni tepkilab tashladi.
Shubhasiz, Sog‘lom yigitni sudga berdi. Ammo rasmiy xabarlarga ko‘ra, Qiziltosh ham muborak Ramazon oyida behayolarcha kiyingani uchun qizni ham sudga beribdi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar