Tanosning qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan qo‘lqopi auksionga qo‘yiladi

Marvel olamidagi mashhur buyumlardan biri — Tanosning “Infinity Gauntlet” qo‘lqopi 8 dekabr kuni Abu-Dabida o‘tkaziladigan auksionda sotuvga chiqariladi. Uning qiymati 25 million dollarga baholanmoqda.
“Qasoskorlar: Cheksizlik jangi” filmidagi buyum asosida yaratilgan noyob nusxaga oltita haqiqiy qimmatbaho tosh o‘rnatilgan. Ular orasida yoqut, sapfir, ametist, zumrad, granat va sariq olmos bor. Toshlarning umumiy og‘irligi 170 karatdan oshadi.
Kolleksion buyum East Continental Gems kompaniyasi tomonidan Marvel bilan hamkorlikda tayyorlangan. Tashkilotchilar ma’lumotiga ko‘ra, ushbu qo‘lqop yagona nusxada yaratilgan.
Auksion 8 dekabr kuni Abu-Dabidagi “Rosewood” mehmonxonasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.































Izohlar 0
…