Izlagan imkon topar: Beshariqda fuqaro aliment uchun yer maydonini sotdi

1 daqiqa o'qish4
Izlagan imkon topar: Beshariqda fuqaro aliment uchun yer maydonini sotdi

Boshqa oila qurish niyatidagi beshariqlik erkak aliment majburiyatini oldindan bajarish uchun yashash xonadoniga tegishli yer maydonining bir qismini sotdi. Hayotda har xil taqdirlar, turli qarorlar bor. Ba’zan inson kelajakdagi rejalarini amalga oshirish uchun jiddiy qadam tashlashga majbur bo‘ladi.

Beshariq tumanida yashovchi bir erkak ham boshqa oila qurish niyatida aliment majburiyatlarini oldindan bajarishga qaror qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, u sobiq turmush o‘rtog‘i bilan o‘zaro kelishuvga erishgan. Kelishuvga ko‘ra, kelgusida aliment masalasida bezovta qilmaslik sharti bilan erkak farzandlari ta’minoti uchun belgilangan to‘lovlarni oldindan qoplashni zimmasiga olgan.

E’tiborlisi, 60 million so‘m mablag‘ni to‘lash uchun erkak o‘z yashash xonadoniga tegishli yer maydonining bir qismini sotishga majbur bo‘lgan. Shu tariqa, u 60 million so‘mni aliment to‘lovlari hisobiga oldindan to‘lab berdi.

Mazkur aliment undiruvi bilan bog‘liq ijro hujjati Majburiy ijro byurosining Beshariq tuman bo‘limi ish yurituvida mavjud bo‘lgan.

Zero, farzandlar oldidagi mas’uliyat — shunchaki majburiyat emas, balki ota-onalik burchidir.

Aliment to‘lovlarini oldindan amalga oshirish esa qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi lozim.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?