6 917
Xorijda “GAI”ga pora berishga uringan o‘zbekistonlik yigit Buxoroda javobgarlikka tortildi
Rossiya Federasiyasining Oltoy o‘lkasida yo‘l harakati xavfsizligi xodimiga pora berishga uringan o‘zbekistonlik yigit Buxoroda jinoiy javobgarlikka tortildi.
“Huquq” nashri bildirishicha, Oltoy o‘lkasida kirakashlik bilan shug‘ullangan o‘zbekistonlikni yo‘l harakati xizmati xodimi xavfsizlik kamarini taqmasdan yurgani bois jarimaga tortmoqchi bo‘lgan.
O‘zbekistonlik kirakash esa 500 rubl pora evaziga jarima yozmaslikni iltimos qilgan. Yo‘l harakati xavfsizligi xodimi esa bu haqda vakolatli organga xabar bergan.
O‘zbekistonlik yigitga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
U Rossiyani tark etib, O‘zbekistonga kelgan. Rossiya vakolatli organlari iltimosiga ko‘ra u mamlakatimizda qo‘lga olingan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Peshku tuman sudi hukmiga ko‘ra unga 2 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?