3 687
Dariga Nazarbaeva: O‘zbekiston mintaqadagi eng rivojlangan mamlakatlardan biriga aylanishi mumkin
O‘zbekiston mintaqadagi eng rivojlangan mamlakatlardan biriga aylanishi mumkin. Bu haqda Astanada bo‘lib o‘tgan XIV Evroosiyo Media Forumi davomida Dariga Nazarbaeva qayd etdi. U ushbu forum tashkiliy qo‘mitasining hamda Qozog‘iston Parlamenti Senatining xalqaro munosabatlar, mudofaa va xavfsizlik bo‘yicha doimiy qo‘mitasining raisi hisoblanadi.
Mana 15 yildirki, Evroosiyo Media Forumi o‘z tashabbusi bilan yaqin va uzoq xorij mamlakatlarining etakchi ekspertlari, siyosatchilari, iqtisodchilari, jamoat va madaniyat arboblarini hozirgi zamonning eng dolzarb mavzulari yuzasidan ochiq muloqot qilish uchun birlashtirib kelmoqda.
Nursultan Nazarbaevning Media Forum ishtirokchilariga qaratilgan qutlov murojaatida forumning jahon kontekstidagi ahamiyati qayd etiladi. “Boshqa nuqtai nazarlarni ham hurmat qiluvchi faqat ochiq muloqotgina millionlab odamlarning muammolarni hal etish yo‘lidagi global ishonchni tiklashga yordam beradi. OAV ushbu jarayonning etakchilari bo‘lishi hamda e’tiborlarini xalqlar va mamlakatlarni birlashtirishga jamlashlari zarur. Jahon yangi axborot muhitining shakllanish davriga qadam qo‘ydi va u o‘zaro bilimlar almashinuvini amalga oshirishi uchun qo‘limizdan kelganicha harakat qilishimiz kerak”, - deyiladi murojaatda.
Dariga Nazarbaeva Anhor.uz muxbiriga bergan intervyusida O‘zbekiston muhim qo‘shni ekanini hamda ikki mamlakat etakchilarining o‘zaro faol aloqasi munosabatlarning chuqur va unumli rivojlanishi haqida gapirishga asos berishini qayd etdi. «Qozog‘istonda O‘zbekistondan keladigan tovarlar hajmi sezilarli darajada oshgan va men «EXPO-2017» da O‘zbekiston stendini borib ko‘rishni katta qiziqish bilan kutyapman. O‘zbeklar juda mehnatkash va iste’dodli xalq, agar mamlakatda tadbirkorlar uchun yanada ko‘proq sharoitlar yaratilsa, O‘zbekiston mintaqadagi eng rivojlangan mamlakatlardan biriga aylanishi mumkin», - ta’kidladi Dariga Nazarbaeva.
Anjumanda dunyoning geosiyosiy qayta tuzilishi, xavfsizlik va raqamli muhitda barqaror rivojlanish strategiyasi masalalari, yashil iqtisodiyot va kelajak energiyasini ilgari surish tendensiyalari muhokama qilindi.
XIV Evroosiyo Media Forumining birinchi sessiyasida O‘zbekiston delegasiyasining ishtirokchilaridan biri, Xalqaro matbuot-klubining raisi Sherzod Qudratxo‘jaev kun tartibiga terrorchilik manbai sifatidagi islom diniga stereotip munosabat hamda G‘arbning Sharqni tushunishi zarurati muammosini kiritish taklifini bildirdi. Dariga Nazarbaeva ushbu taklifni izohlar ekan, Evroosiyo Media Forumiga o‘xshash tadbirlarning o‘tkazilishi jahon uchun Markaziy Osiyo mamlakatlarining salohiyatini ochish imkonini berishini qayd etdi.
«Tor fikrlaydigan ko‘pgina mamlakatlar uchun mintaqamiz hamon ko‘chmanchilar davrida yashamoqda. Forum ishtirokchilari odamlarimizning rivojlanish darajasi, bilim saviyasini ko‘rganida, ular o‘zlari uchun mamlakatlarimiz va mintaqamizni yangidan kashf etganday bo‘lishadi. Media Forum mamlakat va mintaqani tushunish uchun yaxshi ko‘prik hisoblanadi. Agar shunday forum O‘zbekistonda o‘tkazilishiga qaror qilinsa, bu boradagi o‘z tajribamiz bilan o‘rtoqlashishdan mamnun bo‘lardik», - deydi Nazarbaeva.
Forum tashkiliy qo‘mitasining raisi o‘zbekistonlik jurnalistlarning yana bir nechta savollariga javob berdi. Xususan, u qaysi kanallarga O‘zbekiston haqidagi ma’lumotlarning asosiy manbai sifatda qarashi haqidagi savolga, u asosan Qozog‘iston manbalaridan ma’lumot olishini va O‘zbekiston OAV bilan unchalik tanish emasligini bildirdi. «Ochiqlik mamlakat haqida ko‘proq bilimlarni, ko‘proq ishonchni beradi, bu o‘z navbatida umuman turizm va iqtisodiyotni rivojlantirish imkonini taqdim etadi», - deya qayd etadi u.
Shuningdek Dariga Nazarbaeva 2017 yil sentyabr oyida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi parlamentlararo o‘zaro aloqalar doirasida O‘zbekistonga tashrif buyurishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?