Karmana tumanida istiqomat qiluvchi Muattar Naimova (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) Abdurafiq bilan 2013 yildan buyon rasmiy nikohsiz yashab kelardi. Birinchi turmushidan bo‘lgan o‘g‘li endigina to‘rt yoshga to‘lgan, deb yozadi Kun.uz nashri.
Muattar ishlamagani uchun qiynalib qolar, shunday paytlarda o‘g‘lini bolalar uyiga topshirish yoki farzandsiz oilalarga sotishni reja qilardi. Bir-ikki bor Abdurafiqqa bu haqda aytganida, u rozi bo‘lmadi.
Shundan keyin Muattar eriga ham aytmasdan, o‘zi ishni bitirmoqchi bo‘ldi va o‘g‘lini sotib oladigan kishilarni qidira boshladi. Shunday kunlarning birida Sanam ismli ayol unga bolani sotib oladigan kishini topib berishini aytib qoldi va unga bir telefon raqamini berdi. Muattar fuqaro Xolida Xoliqovaga qo‘ng‘iroq qildi. Ular uchrashishdi. M.Naimova bolaga xaridor bo‘lgan Xolidaga oilaviy sharoiti og‘irligi, eri bolani xo‘rlab, urayotganligi, endi Rossiyaga ishlash uchun ketayotganligi-yu, shu sababli bolasini sotishga majbur bo‘layotganligini aytib, razil qilmishini oqlamoqchi bo‘ldi. Ikki ayol o‘rtasida jirkanch savdoning shartlari kelishildi. Unga ko‘ra, X.Xoliqova bolani 20 million so‘m evaziga sotib oladigan, hujjatlarni tayyorlash uchun yana 500 ming so‘m beradigan bo‘ldi.
Oradan ikki kun o‘tib, M.Naimova X.Xoliqovadan 5 mln. 500 ming so‘m pulni olgan paytda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan ushlandi.
Sud hukmi bilan M.Naimova 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi