Bugun, 28 iyun kuni Toshkent viloyati hokimligida navbatdan tashqari sessiya bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Zangiota tumani hokimi Sa’di Shermatov lavozimidan ozod etilgan.
Tumanda jami etti rahbar ishdan olingan. Hokim bilan birga tuman prokurori, tuman davlat soliq inspeksiyasi rahbari, tuman Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, tuman er resurslari va davlat kadastri bo‘limi rahbari, tuman moliya bo‘limi rahbari hamda tuman g‘aznachiligi rahbari ishdan ketgan.
Sa’di Shermatov 2016 yil fevralidan buyon tumanga hokimlik qilib kelayotgandi.
Yig‘ilishda tumanning yangi hokimi ham tanishtirildi. Endi Abduvahob Ulashbaevich Kamekaev tumanga rahbarlik qiladi. U 1974 yilda Samarkand viloyatida tug‘ilgan, shu vaqtgacha Respublika agrobank boshqaruv raisi bo‘lib ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 20 iyul kungi «Toshkent viloyatining ma’muriy-hududiy tuzilishini hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tug‘risida»gi qaroriga ko‘ra, 7 yil avval Zangiota tumaniga qo‘shilgan Toshkent tumani qaytadan tashkil etilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi