09:31 / 29.07.2017
6 296

Qirg‘izistonlik etnik o‘zbeklar Mirziyoyevga ochiq xat yo‘llashdi

Qirg‘izistonlik etnik o‘zbeklar Mirziyoyevga ochiq xat yo‘llashdi
Qirg‘izistonning Jalolobod shahridagi "Begoyim" jamoatchilik yoshlar adabiy fondi a’zolari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ochiq xat orqali murojaat qilishdi, deb xabar bermoqda Sputniknews-uz.com.

Ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan xatda qirg‘izistonlik o‘zbeklar O‘zbekistonning gullab-yashnayotganidan faxrlanishlarini, tub ildizlari O‘zbekiston bilan chambarchas bog‘liq ekanligi, undan ayro yashash mumkin emasligini bilishlari aytilgan.

Ochiq xatda chegaralardan o‘tish rejimining kuchaytirilishi ma’naviyat yo‘nalishiga jiddiy salbiy ta’sir o‘tkazayotgani, O‘zbekistondan Qirg‘izistonga darslik va badiiy adabiyotlar, gazeta va jurnallar olib o‘tish imkoniyati yo‘qligi bildirilgan.

Murojaatda fond tevaragida yig‘ilgan iste’dodli bolalar va o‘smirlar, yosh yigit va qizlarni yoz mavsumida O‘zbekiston qadamjolari bo‘ylab sayohatlarga olib chiqish, O‘zbekistondagi turli tanlovlarda ishtirok etishlari, kitoblarini chop ettirish, O‘zbekistondagi mavjud oliygohlarning byudjet bo‘limiga kirib o‘qishlari uchun imkoniyatlar yaratib berish so‘ralgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qirg‘izistonlik etnik o‘zbeklar Mirziyoyevga ochiq xat yo‘llashdi