13:34 / 31.07.2017
9 616

Eski kitoblarda yozilishicha, odam, hayvon va o‘simliklar suratini chizish baxtsizlik keltirarkan…

Eski kitoblarda yozilishicha, odam, hayvon va o‘simliklar suratini chizish baxtsizlik keltirarkan…
Bu gap insoniyat paydo bo‘lgandan beri o‘z qudratini yo‘qotmagan. Qadimgilar ham tirik jonzotlarning yuzini tasvirlash faqat Yaratgan egamga xos deya hisoblashgan. Qarangki, muqaddas Qur’oni Karimda ham shu masalaga alohida to‘xtalib o‘tilgan. Ya’ni, tirik jonzot hisoblanmish odam, hayvon va o‘simliklar suratini chizish taqiqlangan. Shuning uchun ham qadimgi rassomlar o‘zi chizgan suratning yuz qismini hech qachon tasvirlashmagan. Bu amal albatta baloga yo‘liqtirishiga ishonishgan.

Nasroniylar dini esa nafaqat odam, hayvon va o‘simlik, balki oddiy qo‘g‘irchoqlar yuz qismi tasvirlanishini ham azaldan taqiqlagan. Agar qadimiy suratlarga nazar solsak, ularning yuz qismi tasvirlanmaganiga guvoh bo‘lamiz.
Albatta, bu quruq safsata emas. O‘sha paytlardanoq odam, hayvon, o‘simlikning yuz qismini chizgan rassomlar xonadonida, shaxsiy hayotida ko‘ngilsizliklar albatta yuz bergan.

Masalan, dunyoga mashhur rassom Rembrandtni olaylik. U rostdan ham o‘zidan buyuk asarlarni kelajak avlodga qoldirib ketgan. Lekin shunday buyuk rassom ham odamning yuz tuzilishini tasvirlashi evaziga tovon to‘lagan. Uning «Flora» deb nomlangan kartinasida tasvirlagan birinchi rafiqasi surat chizib bo‘lingandan keyin ikki yil o‘tib olamdan o‘tgan. Shu qismat rassomning ikkinchi xotini hayotida ham takrorlangan. Rassom uch farzandining portretlarini ham professional tarzda tasvirlab keng omma e’tiboriga havola etgandi. Baxtga qarshi suratlar tayyor bo‘ldi deguncha uch farzand ham chaqaloqligidayoq rixlat qilgan.

Shunday holatlar Rossiyada ham kuzatilgan. Masalan, 1797 yili o‘z davrining mashhur rassomi Vladimir Borovikovskiy dvoryanlar sulolasi vakilasi Mariya Lopuxina ismli go‘zal ayolning portretini chizdi. Ayol esa surat tayyor bo‘lgach, kutilmaganda olamdan o‘tdi.
Rassom Vasiliy Perov hayotida ham xuddi shunday ko‘ngilsizlik yuz bergan. U o‘smir yigit suratiga qahramon izlab topdi. Shu o‘smir portretga juda mos edi. Ammo bolaning onasi farzandini berishni xohlamadi. Baloga yo‘liqishini aytib zorlandi. Rassom esa amallab ayolni ko‘ndirdi.

Surat tayyor bo‘lgandan so‘ng ikki oy o‘tib o‘smir yorug‘ dunyoni tark etdi.
Bu mavzuda ezoteriklar ham o‘z fikrlarini ilgari surishgan. Ulardan birining aytishicha, surat va tirik jonzotdagi energetika kuchi ko‘p narsaga qodir. Agar tirik jonzotning rassom tarafidan chizilgan surati kuchli energetikaga ega bo‘lsa, yaqin atrofdagilarga ham yo salbiy, yo ijobiy ta’sir o‘tkaza oladi. Mabodo jonzot tanasida suratdagiga nisbatan kuchsiz energetika mavjud bo‘lsa, u ko‘p o‘tmay olamdan o‘tadi. Ayniqsa, ayollar va bolalar bunday xavfga ko‘proq yaqin bo‘lishadi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Eski kitoblarda yozilishicha, odam, hayvon va o‘simliklar suratini chizish baxtsizlik keltirarkan…