Latviya Bosh prokuraturasi respublikada Gulnora Karimovaga tegishli mulk borligi haqidagi xabarga izoh bermadi.
«Latviya Bosh prokuraturasining xalqaro hamkorlik bo‘yicha ishlash va boshqarish departamenti yaqqol shaxslar haqida axborot bermasligini ma’lum qiladi. Huquqiy (sud) yordam haqidagi shartnomaga oid masalalar tergov siri hisoblanadi», — deb ma’lum qildi bosh prokuratura RIA Novostiga. Bu haqda Sputnik nashri ma’lum qildi.
2013 yil oktyabrda Gulnora Karimovaga nisbatan 2011-2013 yillarda uyushgan jinoiy guruhga bevosita ko‘maklashib, qator jinoyatlarni sodir etgani uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudining 2015 yil 21 avgustdagi hukmi bilan Gulnora Karimova ayblanayotgan jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan va unga 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.
O‘tgan haftada O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Xalqaro hamkorlik doirasida xorijiy mamlakatlarning vakolatli organlariga tergov organlarining uyushgan jinoiy guruhning yuqorida qayd etilgan aktivlarini xatlash to‘g‘risidagi qarorlari yuborilganligini ma’lum qildi.
Respublika Bosh prokuraturasining ma’lum qilishicha, uyushgan jinoiy guruhning Shveysariya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Latviya, Rossiya, Gonkong va Birlashgan Arab Amirligida mulklari borligi aniqlangan.
Latviyaning Riga shahridagi narxi 9 million evro deb baholangan «Vernisaj» ko‘ngilochar majmuasi Gulnora Karimovaga tegishli ekani taxmin qilinmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...