
Avval xabar berganimizdek, Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida 15 avgustga o‘tar kechasi kuchli portlash bo‘lgan va u guvohlar taqdim etgan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, gaz quyish shoxobchasi bilan bog‘liq edi.
IIV YoXB manbasining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, voqea 00:15 da sodir bo‘lgan. Qarshi-Beshkent yo‘lining 5-kilometrida joylashgan qismida “O‘ztransgaz”ga qarashli avtoturargohdagi gaz tashish avtomobilida (gazovoz) yuzaga kelgan texnik nosozlik sabab, mashina portlab ketgan.
Oqibatda avtomobil haydovchisi 1989 yilda tug‘ilgan yigit jabrlanib, shifoxonaga etkazilgan. Vafot etganlar yo‘q.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar