16:32 / 15.08.2017
6 404

Prezident: Ancha kechikkanmiz, odamlar bizdan norozi

Prezident: Ancha kechikkanmiz, odamlar bizdan norozi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11 avgust kuni joylarda iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar borishi bilan tanishish maqsadida Toshkent viloyati Olmaliq shahriga borgani xabar qilingan edi.

Davlat rahbari shahar faollari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda so‘zga chiqib, qator masalalar bo‘yicha gapirdi. Uning chiqishi “O‘zbekiston 24” telekanalining “Axborot 24” dasturida namoyish etildi.

“Tumanning to‘rt rahbari xuddi tumanning hokimiga o‘xshab javob beradi. O‘sha to‘rt rahbar hamma narsani yozib berdi, xarita qilib berdik. Olmaliq shahrining prokurori ham, hokimi ham, Toshkent viloyatining hokimi ham – hech qaysisi o‘zining idorasida yashamaydi, ishlamaydi. Men qaror qabul qildim: majlisbozlikni yo‘q qildik.

Mana, misol uchun sizlarning shaharlaringiz misolida tushuntirsam: tumanda hokim, prokuror, ichki ishlar, soliq bor. To‘rt rahbar bo‘linadi. Olmaliq 120 ming aholi bo‘lsa, bo‘lib-bo‘lib oladi, mahalla, ko‘chabay. O‘shaning o‘rtasiga borib, davlat uy, kvartira beradi, o‘sha erda bo‘ladi, o‘sha erda nafas oladi. Chiroq bo‘lsa chiroq bilan yashaydi, chiroq bo‘lmasa chiroqsiz yashaydi, yo‘l bo‘lmasa yo‘lsiz, suv bo‘lmasa suvsiz yashaydi. Nonini qimmatligini, bozori qimmatligini, go‘shtdagi noinsoflikni sezib, o‘sha hid bilan yashasa men uni jamoamga qabul qilaman, bo‘lmasa qabul qilmayman.

Bu kimgadir yoqadi yoki yoqmaydi. Lekin shunday tizim qildim, boshqa ilojim yo‘q. Biz ancha kechikkanmiz, odamlar bizdan norozi. Men ma’ruzamda aytgandim: biz xalqning chidaganiga sajda qilib, ta’zim qilib, kechirim so‘rashimiz kerak. Bu yuragimdagi gaplar, uni birov yozib bera olmaydi menga. Kechirim so‘rashimiz kerak, hali bizning noinsoflarga chidaganiga”, - degan davlat rahbari.


Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident: Ancha kechikkanmiz, odamlar bizdan norozi