19:43 / 19.08.2017
6 937

Toshkentda yo‘l-patrul xizmati motoguruhi tuzildi (Foto)

Toshkentda yo‘l-patrul xizmati motoguruhi tuzildi (Foto)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent shahrida tajriba tariqasida yo‘l patrul xizmati motosikldagi guruhi tuzildi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, ushbu guruhga yo‘llar va ko‘chalarning harakatlanish qiyin bo‘lgan qatnov qismlarida, odamlar gavjum joylarda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash vazifasi yuklatilgan.

«Ya’ni YPX xodimi motosiklda yengil avtomobilga qaraganda tirbandliklar hosil bo‘lgan, yo‘l-transport hodisalari yoki serqatnov chorrahada svetofor ishlamayotgan joylarga tezroq etib boradi. Motosiklning avtomobilga ko‘ra manyovr qilishi osonroq, gabaritlari ham ixchamroq. Shuning uchun har bir soniya g‘animat bo‘lganda YPX xodimi motosiklda kerakli joyga tezroq etib kela oladi», deyilgan xabarda.

Motosikldagi YPX inspektori motosiklni a’lo darajada boshqara olishi lozim. Shuning uchun ushbu guruhda motosikl xaydash malakasiga, ya’ni «A» toifali haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan xodimlar jamlangan va ularni boshqarish malakasini oshirish bo‘yicha mashg‘ulotlar maxsus avtodromlarda o‘tkazilgan.

Mashg‘ulotlar tugagach, 2017 yil 16 avgust kunidan YPX xodimlari motosikllarda shahar ko‘chalari bo‘ylab patrullik qilishni boshlashdi. Agar tajriba o‘zini oqlasa, motosikldagi YPX xodimlari doimiy tarzda poytaxt yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlaydi.

Avvalroq Toshkent shahri ko‘chalarida yo‘l patrul xizmati xodimlari Honda rusumidagi motosikllarda harakatlanayotgani tasvirlangan video paydo bo‘lgandi.

Shuningdek, Samarqand va Xorazm shaharlarida YPX xodimlariga Honda motosikllari topshirilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda yo‘l-patrul xizmati motoguruhi tuzildi (Foto)