
AQSh fuqarosiga Meksikadan Qo‘shma Shtatlar hududiga narkotik moddalarni olib o‘tishda uchuvchisiz uchar qurilmadan foydalangani uchun ayblov qo‘yildi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
25 yoshli amerikalikning ma’lum qilishicha, San-Diegodagi yonilg‘i quyish shoxobchalaridan birida bo‘lgan boshqa bir shaxsga narkotiklarni etkazib berishi uchun pul to‘lashgan.
Xabar qilinishicha, u giyohvand moddalarni shunday yo‘l bilan besh-olti marta o‘tkazgan. Bu ishlar 2017 yilning mart oyidan boshlangan. Oxir-oqibat chegarachilar dronni payqab qolishdi va uni kuzatib borishgan. Ular uchuvchisiz uchar qurilmaga metamfetamin bo‘lgan maxsus xaltacha yopishtirib qo‘yilganini aniqlashgan.
Gumonlanuvchi chegara orqali umumiy hisobda 5,8 kg.dan ortiq metamfetaminni olib o‘tgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar