
Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Musulmonlari idorasining Qurbon hayitining birinchi kuni 1 sentyabr, juma kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi murojaati inobatga olinib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingani haqida xabar bergan edik.
Bugun, 25 avgust kuni juma namozida Qurbon hayiti namozi Toshkent shahrida soat nechada o‘qilishi ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, Qurbon hayiti namozi 1 sentyabr kuni soat 06:05 da – quyosh chiqqanidan 15 daqiqa o‘tib o‘qiladi.
Viloyatlarda soatga qarab tafovut bo‘lishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar