Joriy yilning 25 avgust kuni Samarqand viloyati Ishtixon tuman IIBda o‘tkazilayotgan “Tozalash” tadbiri davomida profilaktika inspektorlari tomonidan 55 yosh yubileyini nishonlagan onaxonning to‘yona pullarini o‘g‘rilagan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda KUN.UZ xabar berdi.
2017 yil 25 avgust kuni Ishtixon tuman IIBga Ishtixon tumani Metan shaharchasi Samarqand ko‘chasi 2-uyda yashovchi A.S. ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida 2017 yil 24 avgust kuni Ishtixon tuman Metan shaharchasida joylashgan “Bahor” nomli to‘yxonada o‘zining 55 yosh yubileyini o‘tkazganligini, ushbu to‘yda mehmonlar tomonidan berilgan 1.575.000 so‘m to‘yona pullari noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilganini ma’lum qilgan.
Holat bo‘yicha olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida ushbu o‘g‘rilikni Ishtixon tumani Arabxona qishlog‘ida yashovchi 1973 yilda tug‘ilgan Q.D. sodir etganligi aniqlanib, ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro Q.D.ga nisbatan Ishtixon tuman IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 4-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi