17:06 / 28.08.2017
6 617

Andijonda soxta "organ xodimi" qo‘lga tushdi

Андижонда сохта "орган ходими" қўлга тушди
Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida yashovchi Ya.F. joriy yil 11 avgust kuni qo‘l telefonida “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘i orqali o‘zini “Parpiyev Bexruz” deb atagan shaxs bilan tanishib qoladi. Oradan 11 kun o‘tgach, “Bexruz” bilan Andijon shahri, Bobur maydoni yonida uchrashishadi.

Kutilmaganda “Bexruz” Ya.F.ning “Samsung” rusumli qo‘l telefonini olib qo‘yib, o‘zini huquqni muhofaza qiluvchi idora xodimi sifatida tanishtiradi. Ya.F.ning telefonidan 32 ta pornografik mazmundagi videotasvirlar chiqqanini aytib, ushbu videotasvirlar uchun qonuniy chora ko‘rish bilan qo‘rqitadi. Noiloj qolgan Ya.F. o‘ziga nisbatan qonuniy chora ko‘rilmasligi uchun 100 AQSh dollari beradi.

Oradan bir necha kun o‘tib, “Bexruz” Ya.F.ga qo‘ng‘iroq qilib, 2017 yil 26 avgust kuniga qadar yana 200 AQSh dollari va 50.000 so‘m miqdorida pulni talab qiladi. Agarda ushbu pullarni bermasa, mahallasiga borib, oilasi va tanishlariga sharmanda qilib, qamatib yuborish bilan qo‘rqitadi.

Uning arizasi yuzasidan 26 avgust kuni Andijon viloyati IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Andijon shahri, Amir Temur shohko‘chasida joylashgan “Avtoshohbekat”da “Bexruz” Ya.F.dan kimyoviy ishlov berilgan 200 AQSh dollari va 50.000 so‘m miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ushlanadi.

Olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida “Parpiyev Bexruz” aslida, Andijon tumani, Serfayz ko‘chasida yashovchi 1989 yilda tug‘ilgan G.I. ekani aniqlandi, deyiladi Andijon viloyati IIB matbuot xizmati xabarida.

Ushbu holat yuzasidan Andijon viloyati IIB tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Manba: uzbekistan24.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda soxta "organ xodimi" qo‘lga tushdi