
Avvalroq, bugun, 31 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oqsaroy qarorgohi xiyobonida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning siymosi aks ettirilgan haykalning ochilish marosimi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik. Mazkur marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Birinchi Prezident Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Karimova hamda Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova-Tillyayeva ham ishtirok etdi.
Haykaltarosh Ilhom Jabborov tomonidan ishlangan haykal ochilgach, Lola Karimova-Tillyayeva opasi Gulnora Karimovaning qizi – Imon Karimova bilan birgalikda yodgorlik poyiga gul qo‘yib, Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.
Haykalning ochilish marosimida Tatyana Karimova so‘zga chiqib, nutq so‘zladi. So‘zi yakunida u Prezident Shavkat Mirziyoyevga alohida minnatdorlik izhor etdi.
Manba: Qalampir.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar