Shveysariyalik tadqiqotchilarning fikricha, semiz odamlar parhez qilmaganlari uchun emas,balki ularning tanasi o‘ziga xos gormonlarni ishlab chiqarishi sababli og‘ir vaznli bo‘lishadi. To‘ladan kelganlarda ozg‘in kishilarga qaraganda «to‘qliq hissini beruvchi gormon» kamroq ishlab chiqariladi, deyishmoqda shifokorlar.
Bazel universiteti va Bazel shahri universitet klinikasi shifokor olimlariga ko‘ra, semiz insonlar tanasida gormonlar sintezi buzilgan bo‘ladi. Aynan shu narsa ularning og‘ir vaznli bo‘lishining bosh omilidir. «Ularning oshqozoni va ichaklarining shilliq qavati hujayralari «to‘yish gormoni» ishlab chiqarmaydi, bu esa, ovqatni ko‘p iste’mol qilish va semirishga olib keladi», — deya ta’kidlashmoqda yangi tadqiqot mualliflari.
Mutaxassislarning fikricha, odamlar ortiqcha vazn va semirishda, odatda, taomni nazoratsiz ko‘p tanovul qilishda ayblanadi. Ularning aytishicha, bu muammo semiz kishilarning iroda kuchiga umuman aloqasi yo‘qligini, balki metabolik buzilishlarga bog‘liq ekanini tushunish lozim. Buni boshqa jiddiy kasalliklarni davolagandek davolash talab etiladi. Bunda shifokorlar «to‘yish gormoni» ishlab chiqarish jarayoni boshlanishiga turtki berish uchun bariatrik jarrohlik, gastroplastika usullarini tavsiya qilishmoqda.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi