22:02 / 06.09.2017
9 060

Dunyo ahlini lol qilgan II xalqaro meva-sabzavot yarmarkasidan fotoreportaj

Dunyo ahlini lol qilgan II xalqaro meva-sabzavot yarmarkasidan fotoreportaj
Bugun poytaxtimizdagi «O‘zekspomarkaz» milliy ko‘rgazmalar majmuasida II Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi boshlandi. Xalqaro yarmarka «O‘zbekoziqovqatxolding» XK, “O‘zvinosanoat-xolding” XK, “O‘zbekoziqovqatzaxira” Uyushmasi, «O‘zekspomarkaz» AJ, «O‘zagroeksport» AJ va «Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi Direksiyasi» MChJ tomonidan tashkil etilgan.

Yarmarka mahalliy kompaniyalar uchun o‘z mahsulotlarini taqdim etish, eksport geografiyasini kengaytirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotish bozorlarini va yangi xorijiy hamkorlarni topish imkonini beradi. Chet ellik ishtirokchilarga esa, o‘z davlatlari bozorlari uchun meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib berish borasida hamkorlik aloqalari o‘rnatishga zamin yaratadi.

II Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasidan ko‘zlangan asosiy maqsad – O‘zbekistonda ekologik toza, xususiyatlari iste’molbop va mazasi bo‘yicha tengi yo‘q sabzavot, meva, uzum va poliz mahsulotlari yetishtirishning g‘oyat katta imkoniyatlari, shuningdek, ularning sanoat asosida qayta ishlangan tayyor sifatli mahsulotlari to‘g‘risida xorijdagi qayta ishlovchi va savdo kompaniyalarni keng xabardor qilishdan iboratdir.

Bugun II Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasining birinchi kuni. Biz yarmarka taassurotlarimiz bilan o‘rtoqlashamiz.












Bu suratlar va II Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi ona Vatanimizning rostan ham jannatmakon diyor ekanligini yana bir bor isbotlaydi desak, adashmaymiz.

II Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasida har bir viloyat o‘z mahsulot va meva-savzabotlari bilan qatnashmoqdaki, bu yerdagi muhit dilingizni faxrga, ko‘zingizni shukronalikka to‘ldiradi.

Eslatib o‘tamiz, II Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi 8 sentyabrga qadar davom etadi.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Dunyo ahlini lol qilgan II xalqaro meva-sabzavot yarmarkasidan fotoreportaj