Amerikalik tadqiqotchilar guruhi qarishni sekinlashtiruvchi samarali usulni topishdi, deb xabar bermoqda Los-Anjelesdagi Kaliforniya universiteti EurekAlert! portalida.
Olimlar “meva chivinlari”ning (Drosophilidae) mitoxondriyalari vaqt o‘tishi bilan hajmi va shakli o‘zgarishiga e’tibor qaratishdi. Ushbu organoidlar hayoti o‘rtasida cho‘ziluvchan va yirikka aylanadi, bu esa ularga o‘z funksiyalarini bajarishiga xalaqit beradi, hamda qarishiga sababchi bo‘ladi.
Tadqiqotchilarning aniqlashicha, agarda vaqt o‘tishi bilan miqdori pasayib boradigan Drp1 oqsili darajasi oshirilsa, bu fiziologik jihatdan normal bo‘lgan mitoxondriyalar soni ko‘payishiga olib keladi.
Shuningdek, tadqiqot davomida aniqlanishicha, Atg1 genining faollashishi zararlangan mitoxondriyalarning yo‘qotilishiga sabab bo‘ladi.
"Bu xuddi biz o‘rta yoshdagi mushak to‘qimasini olib, uni yoshartirganimizga o‘xshaydi", - deya ma’lum qildi ilmiy ish qatnashchilaridan biri.
Endilikda, tadqiqotchilar organizmda Drp1 darajasi oshishi effektini yuzaga keltiruvchi preparatlarni yaratishni rejalashtirishmoqda.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi