14:32 / 20.09.2017
7 315

Pomidorning jazirama issiq va qurg‘oqchilikka chidamli g‘aroyib navi yaratilmoqda

Pomidorning jazirama issiq va qurg‘oqchilikka chidamli g‘aroyib navi yaratilmoqda
Isroillik fermerlar kam sug‘orish yo‘li bilan sifatli pomidor yetishtirish usulini sinovdan o‘tkazishyapti. Yangi ishlanma an’anaviy navlar kultivatsiyasida talab etiladigan suvni 90 foizga tejash imkonini beradi, deb yozadi Sof.uz.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, loyihaning afzalligi uning jazirama issiqqa va qurg‘oqchilikka chidamliligida. Hozir tajriba maydonchasida 200 turdagi 40 mingta ko‘chat sinovdan o‘tkazilyapti. Mavsum boshida 3 hafta davomida sug‘orilgan ekinlar yoz oxiriga qadar biron marta ham suv ichgani yo‘q.

Laboratoriyada har yili 700 ga yaqin nav sinab ko‘rilib, eng samarali deb topilganlarining urug‘i ko‘paytiriladi. Shuningdek, zararkunanda hashoratlar va xar-xil kasalliklarga chidamli turlarni yetishtirish bo‘yicha ham ilmiy tajribalar o‘tkazilmoqda. Ayni yo‘nalishdagi tadqiqotlar ustida Yevropalik olimlar ham izlanishlar olib borishyapti.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Pomidorning jazirama issiq va qurg‘oqchilikka chidamli g‘aroyib navi yaratilmoqda