Toshkentlik taksi haydovchisining aytishicha, shaharda yakshanba kunlari hech qachon bu kabi tirbandlik bo‘lmagan
Kuni kecha, ya’ni 1-oktyabr kuni Toshkentdagi «Abu-Saxiy» va Ippodrom bozori hududida ulkan tirbandlik kuzatildi.
«Abu-Saxiy» va Ippodrom bozorlariga odamlar «oqib kelishdi». Ippodrom bozoridan qaytishda odamlar yo‘lning yarmigacha chiqib mashina to‘xtatishayotgani guvohi bo‘ldim. Ulkan tirbandlikka qaramay, taksi deyarli yo‘q edi», — dedi Sputnik muxbiriga voqea guvohlarining biri.
Taksi haydovchilarining so‘zlariga ko‘ra «Toshkentda yakshanba kunlari hech qachon bunday tirbandlik kuzatilmagan».
«Buning hayratlanarli joyi yo‘q, «sezon» axir. Sovuq kunlar tushishi bilan hamma bozorga chiqqan. Toshkentda aholi ko‘p axir», — dedi yana bir suhbatdosh.
Toshkentda yashovchi boshqa bir fuqaroning so‘zlariga qaraganda: «O‘rikzor» bozori yopiqligi va boshqa bozorlarda kiyim-kechaklar deyarli yo‘qligi bois ham odamlar «Abu-Saxiy»ga borishgan».
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda «Samarqand Darvoza» savdo majmuida o‘tkazilgan «chegirmalar jumasi» tadbirida ham garchi hozirgidek mavsum bo‘lmasa-da, xaridorlar oqimi tufayli — «oyoq qo‘yishga joy yo‘q» kabilidagi holat kuzatilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi