6 704
Shavkat Mirziyoyev Vladimirda halok bo‘lganlarning oilalari va jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatishga ko‘rsatma berdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaning Vladimir viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘lganlar va jabrlanganlarni Mudofaa vazirligi samolyotida Vatanga qaytarish bo‘yicha hukumat komissiyasini tuzish haqida ko‘rsatma berdi. Bu haqda Kun nashri ma’lum qiladi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston hukumati YTH oqibatida halok bo‘lganlarning oila a’zolari va jabrlanuvchilarga barcha zarur yordamni ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar va Ichki ishlar vazirliklari YTHga uchragan fuqarolarning shaxsini aniqlash bo‘yicha tegishli ishlar olib bormoqda.
Ayni vaqtda fojia oqibatida halok bo‘lganlarning jasadlarini va omon qolgan O‘zbekiston fuqarolarini vatanga keltirish uchun maxsus bort Rossiyaga uchib ketdi. Samolyotda bir guruh tibbiyot xodimlari ham jo‘nab ketgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi