Vazirlar Mahkamasining qarori bilan, uy hayvonlarining identifikatsiyasi, ro‘yxatga kiritilishi va olinishi tartibi belgilandi.
Hujjatga ko‘ra, uy hayvoniga turiga qarab alohida raqam beriladi (birka, marka, jeton, chip), hayvonlar to‘g‘risidagi ma’lumot maxsus bazaga kiritilib, veterinar pasporti beriladi. Hujjat 2018 yilning 1 yanvarida kuchga kiradi.
Hayvonlar identifikatsiyasi uchun ma’lum bir to‘lov kiritiladi. To‘lovning hajmi va shartlari Davlat veterinariya qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatda belgilanganidek, chorva hayvonlari, jumladan qo‘y, echki va tuyalarning bolalari tug‘ilganidan 14 kun o‘tib ro‘yxatga olinadi, ot va eshak bolasi 4 oylik muddatdan, cho‘chqa bolalari bir oylik muddatdan, kuchuk va mushuklar 3 oyligidan ro‘yxatga kiritiladi.
Hayvonni sotib olish vaqtida (yoki qabul qilish) 7 kun ichida tegishli davlat veterinariya xizmatiga murojaat qilib, jonivorni ro‘yxatga kiritib qo‘yishi kerak.
Hujjatda, nafaqat uy hayvonlarini parvarishlash, balki ko‘cha hayvonlarini tutish va parvarishlash, jonivorlar egalarining huquq va majburiyatlari ham belgilab berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Yaponlar qishda uylarini qanday isitadilar?
AQSH va Rossiya Isroil hamda “Hizbulloh” o‘rtasidagi kelishuvda vositachi bo‘ladi
Andijonda Tez tibbiy yordam markazi direktor o‘rinbosari o‘z ishiga tiklandi
Tramp AQSH bosh prokurori lavozimiga kongressmen Gets nomzodini ilgari surdi