12:00 / 12.10.2017
6 832

Sud majlisida 11 nafar ayolni o‘ldirgan jinoyatchi o‘z qilmishlaridan afsusda emasligini bildirdi

Sud majlisida 11 nafar ayolni o‘ldirgan jinoyatchi o‘z qilmishlaridan afsusda emasligini bildirdi
Meksikada 11 ta jinoyatda ayblangan jinoyatchini sud 430 yillik qamoq jazosiga hukm etdi. Bu haqda “Hordiq.uz” nashri xabar bermoqda.
Meksikaning shimolida joylashgan Chixuaxua viloyatida 2009–2012 yilarda 11 nafar ayolni o‘ldirgan Pedro Payan Gloriaga nisbatan mamlakat jinoyat ishlari sudi 430 yillik qamoq jazosi tayinladi.

Sud majlisida ishtirok etgan ommaviy axborot vositalari xodimlarining aytishicha, Pedro o‘ta sovuqqon va shavqatsiz qotil ekan. U sud majlisida ham o‘z qilmishlariga afsusda emasligi bilan barchani hayratga solgani haqda Qalampir.uz ma’lumot berdi. Ayrim jabrlanuvchilarning da’vogarlari uning ruhiy xasta ekanligiga ishora qilmoqda.

Xabarda aytilishicha, Pedro Payan o‘z qurbonlaridan avval narkotik moddalar savdosida foydalangan va keyinchalik o‘zining qora qilmishlarini yashirish, guvoh qoldirmaslik maqsadida ularni o‘ldirgan.
Bunday “puxta reja” bilan ish yuritgan jinoyatchi ruhiy xasta emas deb topilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sud majlisida 11 nafar ayolni o‘ldirgan jinoyatchi o‘z qilmishlaridan afsusda emasligini bildirdi