22:14 / 27.10.2017
10 066

Onkologiya markazi xodimlari 2 mlrd so‘mni “yeb yubordi”

Onkologiya markazi xodimlari 2 mlrd so‘mni “yeb yubordi”
Toshkent shahar prokuraturasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Respublika Onkologiya ilmiy markazining sobiq direktori, bosh hisobchisi va moliya-iqtisod bo‘limi boshlig‘iga nisbatan Jinoyat kodeksining 3 ta moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atgani xabar qilinmoqda.

Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv harakatlari davomida mazkur markazning bir guruh rahbarlari katta hajmdagi byudjet mablag‘larini o‘g‘irlashlariga aloqador qator jinoyatlar haqida ma’lumot olindi.

Tezkor-qidiruv davomida 2008-2016 yillarda Onkologiya markazi bosh hisobchisi lavozimida ishlagan I.Yermichyova, 2000-2016 yillarda markaz direktori lavozimida ishlagan S.Navro‘zov hamda 2009 yildan beri markazning moliya-iqtisod bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan F.Narziyevlar jinoyat ishida gumondor sifatida keltirilgan.

Yuqorida keltirilgan shaxslar 504,8 mln so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini o‘zlashtirishda ayblanmoqda. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bundan tashqari, ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 209-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Yermichyova, Navro‘zov va Narziyevlar markaz harajatlarini 802 mln so‘mga ko‘paytirib ko‘rsatgan holda, markazga tushgan mablag‘larni kamaytirganlikda va rasmiy hujjatlarga soxta ma’lumotlarni kiritganlikda ayblanmoqda. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 184-1-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ayni vaqtda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Onkologiya markazi xodimlari 2 mlrd so‘mni “yeb yubordi”