Buyuk Britaniyadagi Uorik universiteti olimlari yallig‘lanish va hujayralar ichidagi jarayonlar o‘rtasida avval ma’lum bo‘lmagan bog‘liqlikni topishdi. Bu oshqozon-ichak yo‘lidagi ko‘plab kasalliklar profilaktikasi hamda ularni davolashda, shu jumladan, saratonning oldini olishda yordam beradi. Tadqiqot Nature jurnalida e’lon qilindi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
Olimlar autofagiya hujayra ichidagi mexanizmi – o‘zining zararli yoki zararlangan elementlarini hujayra tomonidan yutib yuborilishi – noto‘g‘ri ishlaydigan bo‘lsa, yallig‘lanishni keltirib chiqarishini isbotlashdi. Bu yangilik yo‘g‘on ichak saratoni yoki Kron kasalligi profilaktikasida yordam berishi mumkin.
Biroq, qator mahsulotlar autofagiya jarayoni ishiga ijobiy ta’sir ham ko‘rsatadi, hamda yallig‘lanish jarayoni va oshqozon-ichak yo‘li kasalliklarining oldini olishda qo‘l keladi. Ular orasida anor, uzumning qizil navlari, nok, qo‘ziqorin, yasmiq, soya va ko‘kligida terib olingan no‘xat bor, deb yozmoqda Eurekalert portali. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi