12:00 / 18.11.2017
4 489

Endi prokuraturaning o‘z telestudiyasi bo‘ladi

Endi prokuraturaning o‘z telestudiyasi bo‘ladi
Prezidentning 14.11.2017 yildagi PQ-3387-son “Prokuratura organlari axborot-tahlil faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

Bosh prokuratura huzurida audio va videoroliklar, tele va radiouzatishlar, ijtimoiy reklama, voqealar joylaridan reportajlarni efirga va Internet tarmog‘iga uzatish uchun Axborot-tahlil multimedia markazi tashkil etiladi. Bu aholini sodir bo‘layotgan voqealar, ayniqsa jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otgan voqealar to‘g‘risida xabardor qilish uchun amalga oshiriladi.

Markaz boshqaruv xodimlariga (4 nafar) ega mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi. Boshqaruv xodimlariga prokuratura xodimlari uchun belgilangan barcha imtiyozlar, moddiy va ijtimoiy himoya chora-tadbirlari tatbiq etiladi:

• direktor (18-razryad);
• bosh prodyuser (17-razryad);
• bosh muharrir (17-razryad);
• buxgalter (14-razryad).

Bundan tashqari, ular har oyda alohida mehnat sharoitlari uchun lavozim maoshiga nisbatan 100% miqdorda ustama oladilar. Markazning boshqa mutaxassislari (rejissyor, kreativ muharrir, muxbir, operator, videomontajchi, IT-mutaxassis) shartnoma asosida jalb etiladi.

Markaz tomonidan olib kelinadigan zamonaviy telestudiyani barpo etish uchun zarur televideniye asbob-uskunalari, uchuvchisiz uchish apparatlari (Markazga undan foydalanishga ruxsat beriladi) , kompyuter texnikasi bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi bundan mustasno) ozod etiladi.

Hujjat 15.11.2017 yildan kuchga kirdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endi prokuraturaning o‘z telestudiyasi bo‘ladi