
Ertaga, 20 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisi Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining majlislar zalida ochiladi.
Har yilgi an’anaga ko‘ra, kirib kelayotgan yangi yilga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Konstitutsiya qabul qilingan kun munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanali marosimda nom berar edi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiya qabul qilinganligining 25 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan marosimdagi nutqida kirib kelayotgan 2018 yilga nomni Oliy Majlisi Senati yig‘ilishida berishini ta’kidlagan edi.
Taxmin qilinishicha, ertaga, 20 dekabr kuni kuni Senatda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisida Prezident Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etadi va yangi 2018 yil O‘zbekistonda qanday yil bo‘lishini ma’lum qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar