
Moskvada Alisher Aliyevning jamoasida faoliyat yurituvchi akrobat qiz Gomel sirkida akrobatik tryuk vaqtida pastga qulab tushdi.
Tomoshabinlardan biri bu mudhish hodisani videoga olishga ulgurdi. Voqea 5 yanvarda sodir bo‘lgan. 20 yoshli Yuliya Tikayeva himoya to‘ri yonidan o‘tib, manejga qulagan. Sportchini tryukdagi sherigi ushlab qola olmagan. Uni ushbu havola orqali ko‘rishingiz mumkin.
Jabrlangan akrobat qiz bosh-miya jarohati bilan shifoxonaning jonlashtirish bo‘limiga yotqizildi. Shifokorlar uning ahvolini og‘ir deb baholashmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar