Namangan shahridagi Amir Temur nomli mahalla fuqarolar yig‘inida profilaktika inspektori hisoboti tinglandi. Bu haqda «Daryo»ga jurnalist Temurmalik Vohidov ma’lum qildi.
Hisobotda o‘tgan yil yakuni bo‘yicha mahallada 2 ta jinoyat sodir etilgani, bu ko‘rsatkich 2016 yilga nisbatan bittaga kamaygan bo‘lsa ham, 2,3 ming aholi istiqomat qiladigan hudud uchun salmoqli ekanligi ta’kidlandi. Bu to‘g‘rida Daryo nashri yozmoqda.
Undan keyingi muhokamada yaqinda jazo muddatini o‘tab qaytgan Zohid Yo‘ldoshev ham ishtirok etdi.
«Jazo muddatini o‘tab, o‘tgan yil oktyabrida ozodlikka chiqdim. 23 yil mobaynida nima ish o‘tgan bo‘lsa, ortda qolib ketdi. Yaqinda Prezidentning 4,5 soatli murojaatini erinmay oxirigacha eshitdim. Yurtboshi xalq g‘amida harakat qilyapti, olib borilayotgan siyosat, qilinayotgan ish xalqqa ma’qul bo‘lyapti. Menga o‘xshab adashganlar ko‘zini ochadigan payt keldi.
Novvoyxona ochdim, hozir shuni yurgizib turibman. Kelgusida konditer sexi tashkil etmoqchiman. Hokimlikdan kelishdi, bo‘sh maydonlarni taklif qilishdi. Maqsad — el koriga yaraydigan insonlar qatorida bo‘lish», — deydi Zohid Yo‘ldoshev.
Zohid Yo‘ldoshev bir paytlar o‘zini «O‘zbekiston islom harakati yetakchisi» deb e’lon qilgan Tohir Yo‘ldoshevning akasi. OAV Tohir Yo‘ldoshev 2009 yili Pokistonda, AQSh uchuvchisiz uchish qurilmasi bergan zarba oqibatida halok bo‘lganini xabar qilgandi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi