12:23 / 23.01.2018
8 763

Har bir tumandan 70 tagacha oilalarga har yili maishiy texnika yoki bir boshdan qoramol beriladi

Har bir tumandan 70 tagacha oilalarga har yili maishiy texnika yoki bir boshdan qoramol beriladi
Respublikaning har bir tumani va shahridan 70 tagacha oilalarga har yili maishiy texnika (gaz va elektr pechlar, xolodilniklar, tikuv mashinalari va h. k.) yoki bir boshdan qoramol xarid qilinadi. Mazkur masala «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» davlat dasturiga kiritildi.

Davlat dasturi kecha, 22 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan tasdiqlandi. Farmon va uning sharhi «O‘zbekiston 24» telekanalining «Axborot» dasturida o‘qib eshittirildi.

Davlat dasturi 231 banddan iborat bo‘lib, unga ko‘ra 37 ta qonun qabul qilinishi belgilangan.

Davlat dasturidan mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotiga doir yana boshqa muhim masalalar o‘rin olgan. Mavzuga doir qo‘shimcha tafsilotlar tez orada ma’lum qilinadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Har bir tumandan 70 tagacha oilalarga har yili maishiy texnika yoki bir boshdan qoramol beriladi