21:39 / 29.01.2018
8 256

Tanasidan 16 ta igna topilgan 11 oylik chaqaloqqa suiqasd qilinganmi?

Tanasidan 16 ta igna topilgan 11 oylik chaqaloqqa suiqasd qilinganmi?
Ayni paytda tanasida 16 ta igna va sim bo‘laklari topilgan o‘n bir oylik chaqaloq haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Go‘dakning umumiy ahvoli qanday? Bu mudhish jinoyat kim tomonidan sodir etilgan?.. Shu kabi savollar ko‘pchilikni qiziqtirmoqda. “Xalq so‘zi” nashri muxbiri ularga javob topish maqsadida bir qator idoralarga murojaat qildi.

Hozir respublika shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish ilmiy markazi Farg‘ona viloyati filialida davolanayotgan 11 oylik Azizbek Abdumajidovning onasi Shohsanam Boltaboyeva Toshloq tumanidagi “Nayman” mahalla fuqarolari yig‘inidagi “Istiqlol” ko‘chasida yashaydi. Ushbu xonadonda sodir bo‘lgan mudhish voqea butun mahalladoshlarni qattiq larzaga soldi. Azizbekning tanasidan olingan ignalar va sim bo‘lagi haqidagi xabarlar hammani achchiq o‘yga toldirib qo‘ydi.

Farg‘ona viloyati prokuraturasi maxsus xabarnomasida ta’kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani prokuraturasi hamda tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlaridan iborat tezkor tergov guruhi tomonidan tergovga qadar tekshirishlar olib borilgan. Natijaga ko‘ra, to‘plangan dalillar va ish holatlaridan kelib chiqib Azizbek Abdumajidovning tanasida aniqlangan ignalar va sim bo‘lagini uning tanasiga yaqin qarindoshlari yoki boshqa shaxslar tomonidan tashqi kuch ta’siri ostida kiritilgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi taxminni bir qator tergov harakatlari o‘tkazish orqali, ya’ni chuqur tekshirmasdan turib haqiqatni aniqlab bo‘lmasligi oydinlashdi.

— Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, — deydi viloyat prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i G‘ayratjon Muhammadiyev. — Chaqaloq tanasidagi ignalar og‘iz bo‘shlig‘i orqali yaqinlarining ehtiyotsizligi natijasida tanasiga kirib qolganmi yoki haqiqatdan ham chaqaloq hayotiga suiqasd qilinganmi? Bunga tergovning yakuniy natijasi orqali baho beriladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tanasidan 16 ta igna topilgan 11 oylik chaqaloqqa suiqasd qilinganmi?