
Joriy yilda Toshkentda 181 ta ko‘p qavatli uy qurilishi ko‘zda tutilmoqda. Bu haqda 2012—2017 yillarda Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy natijalari hamda 2018 yil reja ko‘rsatkichlarida qayd etilgan, deb xabar berdi O‘zA.
2012—2017 yillarda Toshkent shahrida 182 ta ko‘p qavatli uy bunyod etilgan bo‘lib, o‘tgan yilning oxiriga kelib bu turdagi uylarning soni 9 ming 592 taga yetgan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2018 yilda xonadonlar soni o‘tgan yildagidan 9 ming 82 taga ko‘payib, 449 ming 562 taga yetadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar