10:30 / 07.02.2018
8 319

O‘zbekistonda diniy ziyorat turizmi rivojlantiriladi

O‘zbekistonda diniy ziyorat turizmi rivojlantiriladi
Shavkat Mirziyeyov «Kirish turizmini rivojlantirish choralari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Bu haqda «Daryo»ning hukumatdagi manbalari ma’lum qildi.

Qarorda «O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident farmoni ijrosi doirasida qator choralarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Jumladan, hujjatning uchinchi bandiga muvofiq, Din ishlari qo‘mitasi, Islom sivilizatsiyasi markazi va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi taklifiga binoan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari qo‘mitasida diniy ziyorat turizmini rivojlantirish markazi bo‘limi etiladi.

Uning zimmasiga yuklanadigan asosiy vazifa — OAVda, shu jumladan, chet el axborot kanallarida O‘zbekistonning islom va boshqa jahon dinlarining madaniy-tarixiy hamda ilmiy-teologik markazi sifatidagi o‘rni bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda diniy ziyorat turizmi rivojlantiriladi