9 991
«Ularga vakolat bergan odam yo‘q hozir». Shavkat Mirziyoyev MXX raisining sobiq o‘rinbosarini «sotqin» deb atadi (audio)
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19—20 yanvar kunlari Surxondaryo viloyatida bo‘lgandi. Tashrif davomida 19 yanvar kuni Qiziriq tumanida viloyat faollari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tgan.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Milliy xavfsizlik xizmatining sobiq generali, MXX raisining sobiq birinchi o‘rinbosari Shuhrat G‘ulomovni xoin deb atadi. Prezidentning Surxondaryo viloyatidagi yig‘ilishda aytgan so‘zlari yozilgan audio internetda tarqalgan.
Unda prezident o‘tgan davrda MXX mulozimlariga katta vakolatlar berilganini tanqid qiladi, deb yozadi Kun nashri.
Shavkat Mirziyoyev nutqining bu qismida Milliy xavfsizlik xizmati sobiq mulozimlarini tanqid ostiga olgan. Xususan, MXX raisining sobiq birinchi o‘rinbosari Shuhrat G‘ulomovni «sotqin» deb atagan.
Bular (Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari) hali xalqning qadriga yetmagan. Bularga berilgan maosh, berilgan pogonga loyiq ishlamagan. Birorta ish qilgani yo‘q. Bularning o‘z maxfiy ishi bor. Bu maxfiy ishi menga bog‘liq. Men bilan gaplashsin. Hokimning orqasidan quvib yurish zamoni tugadi.
Hokim — mening vakilim. Nima emish, bir noinsof, bir tumanning MXX raisining mashinasini hokimning mashinasi quvib o‘tibdi. Shunga borib, uni qamab qo‘yibdi. Ey, kimsan o‘zi san? Kim senga bu vakolatni berdi? Kerak bo‘lsa, men sening pogoningni olib tashlayman! U zamon o‘tib bo‘ldi.
Surxondaryodagi vaziyat nima uchun menga alam qiladi? Men 13 yil bosh vazir bo‘lganman. Bu yerdagi vaziyatni bilaman. Hokim hech kim emasdi. Hamma viloyatning hokimi ularning kabinetida edi. Salgina gap ko‘tarsa, darrov g‘iybat qilib, ishdan olib tashlardi. «Bu o‘g‘ri, bu to‘g‘ri», deb. Juda bo‘lmasa bitta g‘iybatni bo‘yniga qo‘yardi. U zamon tugadi.
Men birortasiga ishonmayman. Bulardan birortasining ma’lumoti menga kerak emas. Shuni bilinglar. To‘rt rahbar — ishla! Vatan uchun ishla, xalq uchun ishla! Ular (MXX vakillari) — hech kim emas! Ularga o‘sha vakolatni bergan odam hozir yo‘q. Qanchalik og‘ir bo‘lmasin, bu Surxondaryoga taalluqli.
Bu masalada Surxondaryo chirib ketgan. Shuning uchun ham bu yerga birorta biznesmen kelmagan. Bulardan qo‘rqib kelmagan. Keldimi, darrov qamardi. «Bu Falonchining odami, bu Pistonchining odami, bu hokimning pul beradigan odami», deb. Sen kimsan? Pul bermaydiganmiding sen, G‘ulomov degan iflosing, sotqining? Poraning boshida o‘zi o‘tirardi-ku hammasi.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»