Ko‘pchilik davlat idoralarida ish vaqtini 9:00 da boshlasa, 13 yanvar kuni parkentlik uch farzandning onasi S.Q.ning uyida bu vaqtda ayollar jangi boshlanadi. S.Q, ovsini, besh nafar farzandning onasi G.S. bilan o‘zaro janjallashib qoladi. Bu urush oxiri ayollar bir-biriga tan jarohati yetkazishi bilan yakunlanadi.
Sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, G.S.ga sog‘lig‘ining buzilishiga sababchi bo‘lgan yengil tan jarohati yetkazilgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Parkent tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Parkent tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi boshlig‘ining ma’lum qilishicha, ovsinlar o‘rtasidagi kelishmovchilik jabrlanuvchi G.S.ning ovsini S.Q.ning turmush o‘rtog‘iga qo‘ng‘iroq qilib, u bilan suhbatlashgani, bundan xabar topgan S.Q. turmush o‘rtog‘ini ovsinidan rashk qilishi natijasida kelib chiqqan ekan.
Tuman mahalla fuqarolar yig‘inida ovsinlarni yarashtirib qo‘yish choralari ko‘rilganiga qaramasdan, ular murosaga kelishmadi. Endilikda S.Q. o‘zining xatti-harakatlari uchun qonun oldida javob berishiga to‘g‘ri keladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi