20:10 / 12.02.2018
8 884

Kuyovimga moshina sovg‘a qilgandim. Shuni qaytarib olsa bo‘ladimi?

Kuyovimga moshina sovg‘a qilgandim. Shuni qaytarib olsa bo‘ladimi?
2013 yilda kuyovimga moshina sovg‘a qilgandim. Bu narsa notarial rasmiylashtirilgan. Shuni qaytarib olsa bo‘ladimi?

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali xabariga ko‘ra bu masala Fuqarolik kodeksi bilan tartibga solinadi. Unga ko‘ra quyidagi hollarda sud orqali hadya shartnomasini bekor qilinishini talab qilish mumkin:

- hadya oluvchi hadya qiluvchining, uning oila a’zolari yoki yaqin qarindoshlarining hayoti yoki sog‘lig‘iga qarshi ataylab jinoyat sodir qilgan hollarda;

- agar hadya oluvchining hadya qiluvchi uchun katta nomulkiy qiymatga ega bo‘lgan hadya buyumga nisbatan muomalasi uning butunlay yo‘q bo‘lib ketishi xavfini solsa;

- yakka tadbirkor yoki yuridik shaxsning bankrotlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari qoidalarini buzib, bankrot deb e’lon qilinishidan oldingi bir yil ichida tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq mablag‘lar hisobidan qilgan hadyasi.

Bundan tashqari hadya shartnomasida hadya oluvchi hadya qiluvchidan oldin vafot etgan taqdirda hadya qiluvchining hadyani bekor qilish huquqi shart qilib qo‘yilishi mumkin.

Hadya oluvchi hadya qiluvchini qasddan o‘ldirgan taqdirda hadya qiluvchining vorislari sudda hadyani bekor qilishni talab etish huquqiga ega.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kuyovimga moshina sovg‘a qilgandim. Shuni qaytarib olsa bo‘ladimi?