11:50 / 17.02.2018
6 023

Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahridagi Yoshlar markaziga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahridagi Yoshlar markaziga tashrif buyurdi
Davlatimiz rahbari 17 fevral kuni Buxoro shahridagi Yoshlar markaziga tashrif buyurdi.

Ushbu markaz 2017 yil 30 dekabrda foydalanishga topshirilgan. Bu yerda yoshlarning talab va qiziqishlaridan kelib chiqib 16 to‘garak tashkil qilingan. 800 o‘rinli majlislari zali, konferensiya va kino zallari, xodimlarning xizmat xonalarida zamonaviy sharoitlar yaratilgan.

Prezidentimiz markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Bajarilgan ishlarni yuqori baholab, bu yerda yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, uyushmagan yoshlarni birlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahridagi Yoshlar markaziga tashrif buyurdi