23:15 / 19.02.2018
7 469

Janubiy Koreyada o‘zbekistonliklar uchun ish o‘rinlari ko‘paytiriladi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonliklar uchun ish o‘rinlari ko‘paytiriladi
Janubiy Koreya o‘zbekistonlik mehnat migrantlari uchun kvotalarni oshirishi mumkin. Bu haqda «Xabar.uz» ma’lum qilmoqda.

Mazkur masala Koreya Respublikasida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan o‘tkazilayotgan muzokarada muhokama qilinmoqda.

Bugungi kunda mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarda noqonuniy migratsiya muammosi mavjud. Ekspertlarning fikriga ko‘ra, Koreyada bir necha o‘n ming nafar o‘zbekistonlik mehnat migranti noqonuniy faoliyat yuritayotgan bo‘lishi mumkin.

Shu bilan birga, 2007 yildan 2016 yilgacha 27 ming o‘zbekistonlik Janubiy Koreyada qonuniy ishlash huquqini qo‘lga kiritgan.

Migrantlar masalasida yuzaga kelayotgan salbiy holatlarning oldini olish maqsadida qabul kvotasini ko‘paytirish, shuningdek, ularni Koreya iqtisodiyotining boshqa sohalariga ham jalb qilish rejalashtirilmoqda.

Tez kunlarda Janubiy Koreyaning Kvanju shahrida ochilishi ko‘zda tutilgan O‘zbekiston tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi bu jarayonda yordam berishi kutilmoqda.

Shuningdek, mazkur uchrashuv davomida malakali kadrlarni tayyorlash sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari ham muhokama qilinayapti.

Buning uchun O‘zbekistonda Janubiy Koreyada o‘qish va ishlash niyatida bo‘lgan fuqarolar uchun tayyorlov markazlari ochilishi rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning noyabr oyida Koreya Respublikasiga tashrifi davomida Koreya va O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari tomonidan hamkorlik memorandumi imzolangan edi.

Hozir Koreyada ishlash uchun shu davlat tilini o‘zlashtirish va «EPS-Topik» test sinovidan o‘tish talab qilinmoqda.

Yangicha tizimda nafaqat til bilish, balki professional qobiliyat va ish tajribasi, bilim darajasi ham e’tiborga olinmoqda.

Janubiy Koreya o‘zbekistonliklar ish o‘rinlari

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Janubiy Koreyada o‘zbekistonliklar uchun ish o‘rinlari ko‘paytiriladi