Bugun, 21 fevral kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining bir necha moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan sudlanuvchi Ahmadjon Tursunboyev va boshqalarga nisbatan jinoyat ishining tergov bilan yakunlangan qismini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi.
Sud majlisida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 188-moddasi (noqonuniy tadbirkorlik faoliyati), 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish), 190-moddasi (faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish), 25 orqali 211-moddasi (pora berishga suiqasd qilish) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish)da ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda ayblangan sudlanuvchilarga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Matbuot kotibi Aziz Obidovning aytishicha, hukm chiqarishda sudlanuvchilarning sodir etgan jinoyatlari uchun chin ko‘ngildan pushaymon ekanligi va jinoiy qilmishlarni fosh qilishda yordam berganliklari alohida e’tiborga olingan.
“Ahmadjon Tursunboyev va uning sheriklari faoliyatidan ziyon ko‘rgan jabrlanuvchilar bilan tergov qismi hali davom etmoqda. Tergov jarayonida jinoyat tarkibi aniqlanishi bilan sud ishi qaytadan boshlanadi”, deydi u.
Ma’lum qilinishicha, sud tomonidan yuqorida ko‘zda tutilgan jinoyatlar tufayli yetkazilgan moddiy zararni qoplash masalasi boshqa jinoyat ishlarini ham tergov natijalariga qarab hal qilinishi ko‘rsatib o‘tildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi