19:04 / 22.02.2018
9 669

Taqiqlangan joyga mashina qo‘yganlarga qarshi “ov” boshlandi (video)

Taqiqlangan joyga mashina qo‘yganlarga qarshi “ov” boshlandi (video)
Hozirgi kunda, Toshkent shahar IIBB YHX Boshqarmasi xodimlari tomonidan, to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidabuzarligi yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rilmoqda.

Jumladan, to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidasini buzgan haydovchilarga nisbatan joyida ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirib kelinmoqda. Agarda transport vositasining haydovchisi bo‘lmasa va to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalariga rioya kilinmaganligi oqibatida mazkur transport vositasi yo‘l harakati ishtirokchilarining harakatlanishiga xalaqit bersa, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 291-moddasiga asosan transport vositasini maxsus to‘xtash joylari (jarima maydoni)ga evakuatsiya qilinmokda.

Ma’lumot uchun, haydovchilar tomonidan to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzishi eng kam ish haqining uch baravari (22 fevral holatiga ko‘ra — 516 720 so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. Agar jazo qo‘llanilganidan so‘ng bir yil ichida shunday qoidabuzarlik bir marta takror sodir etilsa, jarima miqdori 861 200 so‘mni, ikki marta sodir etilsa 1 722 400 so‘mni, uch va undan ortiq marta sodir etilsa 2 583 600 so‘mni tashkil etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Taqiqlangan joyga mashina qo‘yganlarga qarshi “ov” boshlandi (video)