Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bahor oylaridan birida Tojikiston Respublikasiga safar qilishi mumkinligi haqida ma’lum qilgan edik.
Shavkat Mirziyoyev 9-10 mart kunlari rasmiy tashrif bilan Tojikistonga boradi.
Mazkur tashrifga tayyorgarlik ko‘rish va uni tashkillashtirish borasida O‘zbekiston va Tojikiston Bosh vazirlari Abdulla Aripov va Qohir Rasulzoda Farg‘ona shahrida tayyorgarlik uchrashuvi o‘tkazgan edilar.
Tashrif chog‘ida O‘zbekiston Prezidentiga Tojikiston Milliy universitetining fan doktori faxriy unvoni berilishi kutilmoqda.
Uchrashuvga qadar ikki mamlakat o‘rtasida bir qator muhim masalalar yuzasidan kelishuvlar bo‘lib o‘tdi.
Xususan, sakkiz yildan so‘ng O‘zbekiston-Tojikiston chegara posti qayta ochildi, Toshkentda Tojikiston elchixonasi uchun 1 gektar yer ajratiladigan bo‘ldi va Toshkentda Tojikiston savdo uyi o‘z ishini boshladi.
Bo‘lajak uchrashuv davomida turli sohalarda ikki tomonlama hamkorlik masalalari ko‘rib chiqilib, bir qator hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...